ERGASHEV SHUHRAT IBROHIMOVICH

ERGASHEV SHUHRAT IBROHIMOVICH (1945.19.5, Toshkent) — kinoaktyor. O’zbekiston xalq artisti (1989). Toshkent teatr va rassomlik san’ati intini tugatgan (1968). 1968-70 yillar M.Gorkiy nomidagi rus akademik drama teatrida ishlagan. 1970—95-yillar “O’zbekfilm” kinostudiyasida aktyor. Ijobiy va salbiy rollarni bir xil mahorat bilan o’ynagan. Ergashev o’z qahramonlarining qayg’ualamlari, ularning ichki tug’yoni, raqibga qarshi kurashdagi psixologik kechinmalarini etkazishda o’ziga xos ijro uslubi bilan ajralib turadi. “Nafosat” (rejissyor E.Eshmuhamedov) filmidagi Shuhrat roli ekranda yaratgan ilk obrazidir. Shuhrat (“Sevishganlar”), Mauzer (“qo’mondonning qaytishi”), Anvar (“41 yil olmalari”), Ubaydulla (“qora konsulning halokati”), talaba (“integral”), Sherzod (“Semurg'”), Aziz (“seni kutamiz yigit”), Abdurahmon (“zulmatni tark etib”), Temur (“uchar yigit”) kabi rollari bilan Shuhrat qozongan.