TO’P

TO’P (sportda) — sport o’yinlarmning ko’p turlarida qo’llanadigan, odatda, shar shaklidagi buyum. Futbol, voleybol, basketbol va regbi o’yinlarida qo’llaniladigan To’plar havo bilan to’ldiriladi; koptokli xokkey, chim ustida xokkey o’yinlaridagi To’plar esa turli materiallardan tig’iz qilib ishlanadi va ustki qismi sintetik material yoki charm bn qoplangan bo’ladi. Ayrim o’yinlarda qo’llanadigan To’plarning rangi qat’iy qilib belgilangan (masalan, voleybol uchun To’p oq, basketbol uchun to’q sariq rangda bo’lishi lozim). Futbol, voleybol, qo’l to’pi, suv polosi To’plari qobig’i 18 yoki 32 pallacha qilib tayyorlanadi.

TO’P, TO’PA — 1) etnik hududiy gurte. Ma’lum bir qishloklarning bir qismini ifodalaydi. O’troq o’zbeklar yashaydigan yirik qishloqlar To’plarga bo’linadi. To’p tarkibiga bir qancha qon-qarindosh oilalar kirgan. Ko’pincha ajdodlari yagona bo’lgan oilalar bir to’pni tashkil etib, mazkur To’p bobosi nomi bn atalgan. Shuningdek, ba’zi To’plar kichik urug’ning nomi, berilgan lakabi, kaebkori, toifasi bn ham nomlangan; 2) (harbiyda) uzun stvolli artilleriya quroli.

TO’P — to’g’ri traektoriya bo’ylab quruqlik va suvdagi nishonlarga yoki havodagi nishonlarga zarba beradigan artilleriya quroli. Zambarak To’p lari kalibri 20-210 millimetr, stvolining uzunligi 40 -80 kalibr, otish masofasi 35 kilometr va undan ortiq; To’p bilan quruqlikdagi qo’shinlar, tanklar, samolyotlar, kemalar, qirg’oq artilleriya qismlari va boshqalar qurollangan. Qirg’oq qo’shinlari tarkibidagi ko’pgina zamonaviy To’p o’ziyurar bo’ladi; ba’zi kemaga o’rnatilgan To’plar dengizdagi, qirg’oqdagi yoki havodagi nishonlarga zarba beradigan universal bo’ladi.