TO’LA QARSHILIK

TO’LA QARSHILIK (elektr hodisasida) — o’zgaruvchan elektr toki zanjirida ketma-ket ulangan faol qarshilik va reaktiv qarshilik (induktivlik g’altagi va kondensator karshiliklari)dan iborat zanjirning o’zgaruvchan tokka ko’rsatadigan qarshiligi. Agar chastotaning biror qiymatida induktiv qarshilik sig’im qarshiligiga teng bo’lib qolsa, zanjirning To’la qarshiligi eng kichik qiymatga ega bo’ladi.