TUTMES
TUTMES — qadimgi Misr haykaltaroshi; miloddan avvalgi 14-asrda yashagan. Fir’avn Amonxotep IV (Exnaton) saroyida “haykaltaroshlar boshlig’i” maqomida bo’lgan. Misrning qadimgi poytaxti — Axetaton (hozirgi Amarna)da ishlagan. Tutmes asarlari jahon san’atining durdonalaridir; u ishlagan Fir’avn va Malika Nefertiti (hozirgi Qohira muzeyi, Berlin davlat muzeyi va boshqalarda) haykallari shaklining o’ta nozikligi, qiyofalarining hayajonli ulug’vorligi bilan diqqatga sazovor.