TARTU

TARTU — Estoniyadagi shahar. Emayiga daryosining har ikkala sohilida, Tallindan 187 kilometr Janubi sharqda. Daryo porti. Temir yo’l va shosse yo’llar tuguni. Aholisi 100,1 ming kishi (2000). Tartu 5-asrdan ma’lum, 1030 yil manbalarida Yaroslav Mudriy qayta qurgan Yurev qal’asi sifatida tilga olinadi. 1224— 1893 yillarda Derpt, 1893 yildan yana Yurev, 1919 yildan Tartu deb atalgan. 1941 yil 24 iyuldan 1944 yil 25 avgustgacha Tartuni nemis fashistlari egallab turgan. Urushdan keyingi yillarda shahar qayta qurildi. Sanoat ahamiyati jihatidan va madaniy markaz sifatida Tartu Estoniyaning Tallindan so’ng 2-shahri. Asosiy sanoat korxonalari: priborsozlik zavodi, “Vo’yt” qishloq xo’jaligi. mashinalari zavodi, temirbeton buyumlar zavodi, sut va go’sht kombinatlari, shuningdek, ko’npoyabzal, to’qimachilik, polifafiya sanoati korxonalari. Tartuda Tartu universiteti va Estoniya qishloq xo’jaligi. akademiyasi, 5 muzey, musikali drama teatri bor. Tartuning me’moriy qiyofasi 19-20-asrlarda vujudga kelgan. Ko’pchilik binolari klassik uslubda qurilgan (jumladan, Ratusha, 1789 yil). Gotika uslubida qurilgan ikki inshoot — Yaan cherkovi hamda Pyotrpavel sobori saqlanib qolgan (ikkalasi ham 13— 14-asrlar).