TARTU UNIVERSITETI

TARTU UNIVERSITETI – Estoniyadagi yirik va qadimgi oliy o’quv yurti. Tarixi 1632 yil Tartuda tashkil etilgan va 1710 yilgacha faoliyat yuritgan Gustavian akademiyasidan boshlanadi. 1802 yil Derpt universiteti nomi bilan qayta ochilgan. 1893-1919 yillarda Yurev unti deb nomlangan. 1919 yildan hozirgi nomda. 1918 yil Tartu universitetining Voronejga evakuatsiya qilingan bo’limi negizida Voronej universiteti, 1946 yil universitet bo’limlari asosida Estoniya Fanlar Akademiyasining bir necha ilmiy tadqiqot instituti, 1951 yil Estoniya Qishloq xo’jalik akademiyasi tashkil topgan. Fizika, matematika, kimyo, biologiya, tibbiyot, geografiya, tarix, Filologiya, iqtisodiyot, huquq, pedagogika va boshqa ixtisosliklar, shuningdek teologiya bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir nechta muammoli va soha laboratoriyalari, botanika bog’i, muzeylari, kutubxonasi (3 milliondan ortiq asar) mavjud. 7 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi. “Ilmiy asarlar” nashr etadi.