TEIZM

TEIZM (Yunoncha theos — Xudo) — Xudo olamdan tashqarida turadi, olamni o’z irodasi bilan yaratgan va unda mavjud bulgan mutlaq shaxs deb tushunuvchi liniy dunyoqarash. Narigi dunyodagi Xudoni tan olish Teizmni panteizmdan, Xudoning doimiy faolligini tan olish esa deizmdan farqlantirib turadi. Teizm kelib chiqishi jihatidan o’zaro yaqin bo’lgan iudaizm, xristianlik va Islom dinlari uchun xosdir. “Teizm” atamasini dastlab ingliz faylasufi R. Kedvort (1617-88) qo’llagan.