TANOB

TANOB (Arabcha — chilvir, arqon) — 1) O’rta Osiyo, xususan, O’zbekiston hududida qo’llanilgan uzunlik o’lchov birligi. 17-asrda qiymati 39,9 metrga teng bo’lgan; 2) O’rta Osiyo xonliklarida tomonlari 60 gaz dan iborat bo’lgan maydonga teng, ya’ni ekin maydonini o’lchash uchun qo’llanilgan yuza birligi. 1 Tanob 60×60 kvadrat gaz =3600 kvadrat gaz =0,08194 ga=900 kvadrat metr (1 ga=12 tanob); 3) uzunlik o’lchash, yer o’lchash, chiziq tortish va shu kabi da ishlatiladigan uzun chilvir, reja ip, uzun arqon; 4) naqshga shakl beruvchi va naqsh mujassamotining asosini tashkil etuvchi chiziq; tabiatdagi anhor hamda yo’lning shartli tasviri. Naqsh mujassamotida Tanob turlicha ko’rinishga ega: uzluksiz davom etishi, ba’zan 2 nuqtadan boshlanib, bir-biriga qarab yo’nalishi va bir-biriga chirmashib ketishi, ba’zan bir nuqtadan boshlanib, 2 tomonga yo’nalishi va taqsim chetiga borib tugallanishi mumkin. Naqsh mujassamotida Tanob 2 ta bo’lsa, ular har xil rangga bo’yaladi, biri bosh Tanob, boshkasi yordamchi Tanob hisoblanadi. Tanob 2 ta paratlel chizikdan tuzilsa, “kush Tanob” deb ataladi. Naqsh mujassamotida Tanob birinchi o’rinda turadi, shuning uchun ish avvalo Tanobni chizib olishdan boshlanadi, so’ng novdalar, novdalar yo’nalishiga moslab gul, barg, kurtaklar shunday joylashtiriladiki, ular hech qachon Tanobning ustidan kesib o’tmasligi kerak. Tanob shuningdek, zamin ranglarini ham bir-biridan ajratib turadi.