TSUSIMA OQIMI

TSUSIMA OQIMI – Yapon dengizidagi iliq yuza oqim, Kurosio oqimining g’arbiy tarmog’i. Yaponiya qirg’oqlari bo’ylab, Janubdan shimol tomon harakatlanadi. Tsusima oqimi ta’sirida Yapon dengizining Sharqiy qismi suv temperaturasi (g’arbiy qismiga nisbatan) qishda 5— 6° ga, yozda 1-3° ga ko’tariladi. Tezligi soatiga 1 kilometr.