YO’LDOSH SHAHAR

YO’LDOSH SHAHAR – yirik shahar atrofida (uning chegarasidan tashqarida) bunyod etilgan kichik shahar, posyolka. Yo’ldosh shahar transport yo’li orqali katta shahar bilan yaxshi bog’langan bo’ladi. Unda, asosan; yirik shaharda ishlaydigan aholining bir qismi yashaydi. Yo’ldosh shahar yirik shaharning bir qismi hisoblanadi. Sanoat taraqqiyoti oqibatida vujudga kelgan. Bino va inshootlari aholining yashashi, dam olishi uchun qulay qilib, tabiat bilan uyg’unlashtirib quriladi. O’zbekistonda birinchi Yo’ldosh shaharga 1966 yildagi zilziladan keyin Toshkent shahar yaqinida asos solingan (Sergeli Yo’ldosh shaharchasi, 1967).