YOD
YOD, iod (lotincha Iodum, Yunoncha iodis — binafsha rangli), I — Mendeleev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element, galogenlarga kiradi. Tartib raqami -53, atom molekulasi 126,9045. 1811 yilda frantsuz kimyogari B. Kurtua tomonidan kashf etilgan. Tabiiy Yod atom molekulasi 127 ga teng bo’lgan bitta barqaror izotopdan iborat. Oksidlanish darajasi — — 1, +1, +3, +5 va +7; elektronga moyilligi -3,08 ev. Poling bo’yicha elektromanfiyligi 2,5; atom radiusi 0,136 nm, ion radiusi (qavslarda koordinasion soni keltirilgan) I–0,206 nm (6), 15+— 0,058 nm (3), 0,109 nm (6), g+-0,056 nm (4), 0,067 nm (6). Yod tarqoq element, minerallaridan — yodargarit Agl, lautarit sa(yu3)2 lar tarkibida, magma va cho’kma tog’jinsida uchraydi. Yod tog’ jinslaridan suv ta’sirida yuvilib ajraladi va organizmlarda yig’iladi. Masalan, suv o’tlarida (ularning kulida) y. miqdori 0,5% gacha bo’ladi. Yodning asosiy manbai okean suvlaridir (1l suvda o’rtacha 5-10~5 gramm). Yod organik moddalarda oson yig’iladi. Sanoat miqyosida Yod neft va gaz konlaridan ular bilan birga chiqadigan yo’lakay suvlar va yer osti issiq sho’r suvlari (0,01—0,1 kg/m3), selitra qatlamlaridan (1% gacha) olinadi. Suyuqlanish temperaturasi 113,5°, qaynash temperaturasi 184,35°; qattiq yodning zichligi 4,94 g/ sm3, suyuq yodniki 3,96 g/sm3. Ammiakning suvdagi eritmasi bilan portlovchi modda — azot yodid Nl3 hosil qiladi. Yod olishda neft va gaz konlari (quduqlari)dan chiqqan yo’lakay suvlar, yer osti issiq sho’r suvlari, dengiz suvo’tlari hamda natriyli selitra olishda ajralgan natriy yodatga boy eritma xom ashyo sifatida xizmat qiladi. Yod, asosan, 3 usulda olinadi: 1) sorbent va ionitlarni boyitib; 2) yodli suv o’tlarini kuydirib; 3) havo yordamida ajratish va yutilish (masalan, NaOH eritmasi va sorbentlarda) usullari. O’zbekistonda Yod tarkibida 15-40″‘/ l yod bo’lgan neft quduklari va yer osti sho’r suvlaridan havo yordamida ajratish va yutilish usullarini qo’llab olinadi. Bu suvlarda yod, asosan, yodid, yodat va organik birikmalar holida uchraydi. Yodli suvlarni kislotali (H2SO4 yoki NS1) sharoitda (rn=2,5+3,5) oksidlovchilar (Cl2, NaNO2 yoki kaltsiy gipoxlorit, natriy gipoxlorit) eritmasi va b. ishtirokida yod birikmalarining suv tomchilariga (60-75°da) bosim ostida havo yuborib, yod havoga erkin holda o’tkaziladi. Bunday sharoitda havoga qisman vodorod yodid kislotasi ham o’tadi. Havoga ajralgan 12 suvli sharoitda sorbentlar yordamida (masalan, 20-25 g/l gacha natriy ishqori eritmasida) boyitiladi. Yodga boyitilgan ishqor eritmasini neytrallab, kislotali (H2SO4) sharoitda oksidlovchilar (masalan, Cl2, NaNO2, K2Crj07 va hokazolar) ishtirokida elementar I. (Yod pastasi) ajratib olinadi. Neft bilan birga chiqadigan oqova suvlar, yer osti issiq sho’r suvlaridan olingan yod tarkibida qisman organik birikmalar ham bo’lganligi uchun uni sublimatsiya yoki sanoat sharoitida (125-140° da) kontsentrlangan H2SO4 bilan tozalanadi. Selitra sanoatidan chiqqan NaIO3 eritmasidan elementar yod olish uchun eritmaga SO2 bilan ishlov beriladi. Suv o’tlarida yod juda oz miqdorda bo’lganligi sababli, ularni avval yoqiladi, boyitilgan kulni suvli eritmaga o’tkazib, eritmaga oksidlovchilar ta’sir ettiriladi. Yod va uning birikmalari, asosan, tibbiyotda qo’llaniladi. Yod eritmasi bakteriya va mikroblarga karshi kurashish xossasiga ega bo’lib, uni shikastlangan terini davolashda, yodning kaliy va natriyli tuzlari yod yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarda, Masalan, buqoq, asab kasalliklari, semirish, aql zaifligi, turli yukumli kasalliklarda qo’llaniladi. Bu kasalliklarning oldini olish uchun yodlangan osh tuzini iste’mol qilish zarur. Hozirgi kunda respublikamizda yodni yer osti issiq suvlaridan ajratib olish texnologiyasi Surxondaryo viloyatida va Farg’ona vodiysida yo’lga qo’yilgan. Kristall holdagi Yoddan kaliy yodid olinadi. Xo’jaikon tuz zavodi (Surxondaryo)da osh tuzini sanoat miqyosida yodlanadi. Yod anorganik (K.I, KYU3 va h.k.) va organik sintezda, analitik kimyoda (yodometriya), radiasion kimyoda, fotografiyada, sof holdagi metallar (Ti, Zn), o’ta nur sezgir moddalar, maxsus motor yoqilg’ilari olishda, antidetonator sifatida, qutblanish xossasiga ega bo’lgan maxsus shishalar olishda, kumush yodat esa bulutdagi suvning kristallizasiya markazini hosil qilishda qo’llaniladi. Vodorod va kislorod aralashmasiga atigi 0,002% yod bug’i qo’shilsa, portlash xossasi yo’qoladi. Ad.: Potaenko K. D., Eshonxo’jaev S., O’zbekiston Respublikasi fan va texnika komiteti byulleteni, 1999 y., №1.; Ksenzenko V. I., Stasinevich D. S, ximiya i texnologiya broma, yoda i IX soedineniy, M., 1979. Said Eshonxo’jayev.