YO’LDOSHEV KARIM YO’LDOSHEVICH
YO’LDOSHEV KARIM YO’LDOSHEVICH (1933.10.5-Toshkent – 1999.22.10) -kardiolog, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1983). Tibbiyot fanlari doktori (1971), professor (1972), ToshTIni tugatgan (1957). Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kardiologiya va funktsional diagnostika kafedrasi mudiri (1973 yildan), O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari (1973-82), O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1988 yildan), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi a’zosi (1996 yildan) va tibbiyot fanlari bo’limi raisi (1996 — 98), yil ichki a’zolar klinik fiziologiyasi va patologiyasi, kardiologiya, gastroenterologiya, pulmonologiya, farmakoterapiya va salomatlikni tiklash muammolari ustida tadqiqot olib borgan. Yo’ldoshev rahbarligida yurak-qon tomir, nerv, ovqat hazm qilish sistemalari, nafas a’zolari, tayanch-harakat apparati kasallangan bemorlar sog’lig’ini tiklash maqsadida organizmdagi a’zolar va sistemalar funktsiyasining ma’romiga fizik omillar ta’siri o’rganildi. U Sharq tabobati markazini tashkil etib, uning faoliyatiga rahbarlik qildi. Rossiya tibbiyot Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1991).