Ye
Ye — o’zbek-kirill alifbosining oltinchi harfi. “Y” va “e (e)” tovushlari birikmasini ifodalaydi (masalan, yetti). O’zbek adabiy tilida o’rta ko’tarilishdagi til oldi, yarim tor, lablanmagan, unli tovush. O’rxun-Yenisey, turkiy (uyg’ur) yozuv yodgorliklarida uchramaydi. Sof o’zbek so’zlarida, asosan, so’z boshi va bo’g’in boshida (yer, yel va boshqalar) uchraydi. Boshqa tillardan o’zlashgan so’zlarda so’z oxirida ham keladi (mas, buldozer va boshqalar). So’z boshida y+e va so’z o’rtasida e shaklida talaffuz qilinadi: yelim (y+elim), edim (y+e-dim). Jahon yozuvi tarixida turkiy xalqlar, shu jumladan, o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan yozuvlarda Ye harfi o’ziga xos shakldadir.