YEVGENIY SAVOYSKIY
YEVGENIY SAVOYSKIY (Yeugen von Savoyen) (1663.18.10, Parij — 1736.21.4, Vena) — Shahzoda, Avstriya sarkardasi. 17-asrning 90-yillarida Italiyada frantsuz qo’shinlarini bir necha marta yenggan; turklarni 2 marta (1697, 1716) mag’lubiyatga uchratgan; Ispaniya taxti vorisligi uchun bo’lgan janglarda (shu jumladan, Malplake yonida) frantsuz va frantsuz-bavar qo’shinlari ustidan g’alaba qozongan; lekin denen yonida mag’lubiyatga uchragan. 1703 yildan imperator qoshidagi harbiy, keyinchalik maxfiy kengash raisi. Unga g’alabalari uchun generalissimus (1697) harbiy unvoni berilgan.