So’zsiz romanslar ham bo’ladimi?
“Romans” kalimasi Ispaniyada paydo bo’lgan va u roman (ispan) tilida ijro etiladigan dunyoviy qo’shiqlarni anglatgan. Romanslar shu qadar ham ommaviyga aylangan ediki, deyarli yashin tezligida butun Yevropada tarqaldi ular. Romanslar Rossiyani zabt etadi. Tabiiyki, ular ispan tilida yangramas, shunday bo’lsa-da asl nomi saqlanib qolgan edi. Mixail Ivanovich Glinka, Modest Petrovich Musorgskiy, Petr Ilich Chaykovskiy, Nikolay Andreyevich Rimskiy-Korsakov, Sergey Vasilyevich Raxmaninov, Sergey Sergeyevich Prokofev singari dongdor rus kompozitorlari va boshqalar rus shoirlarining she’rlariga romanslar bastalay boshladilar. Bular kamer vokal san’atining haqiqiy durdonalari. Darvoqe, so’zsiz romanslar ham bor. Ularni — skripka, royal va violonchel — go’yoki odamzot ovoziga taqlid qilayotgan cholg’u asboblari xonish qiladi.