YEVROPA KO’MIR VA PO’LAT BIRLASHMASI

YEVROPA KO’MIR VA PO’LAT BIRLASHMASI — Yevropa hamjamiyatini tashkil etgan mamlakatlarning ko’mir va po’lat umumiy bozorini boshqargan birinchi rahbar organ. 1950 yilda Frantsiya tashqi ishlar vaziri R. Shuman taklif etgan rejaga asosan 1951 yilda ko’mir, temir rudasi qazib olish, po’lat ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Dastlab birlashmaga Yevropa hamjamiyatining olti mamlakati (Frantsiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg) kirgan, keyinchalik Yevropa Ittifoqining boshqa a’zolari ham qo’shildi. G’arbiy Yevropada qazib olinadigan deyarli barcha toshko’mirni, cho’yan va po’lat eritishning 90%ni, temir rudasi qazib olishning 90%ni nazorat qiladi.