YEVROPEOID IRQI

YEVROPEOID IRQI, Yevrosiyo irqi — insoniyatning asosiy katta irqlaridan biri. Terisining tiniqligi, mayin va jingalak sochlari, serjunligi (erkaklarda), oldinga turtib chikkan ingichka burni, yupqa labi, ortognatizm (yuz va jag’suyaklarining oldinga turtib chikmaganligi) va boshqa belgilari bilan ajralib turadi. Yevropa, Shimoliy Afrika, Old Osiyo, Shimoliy Hindistonda tarqalgan; yevropaliklarning ko’chib borishi natijasida Amerika, Avstraliya va Janubiy Afrikaga ham yoyilgan.