YELIZAVETA PETROVNA
YELIZAVETA PETROVNA (1709.18.12 – 1761/62.25.12) — Rossiya imperatori (1741 yildan), Pyotrning qizi. Gvardiya tomonidan taxtga o’tqazilgan. Yelizaveta Petrovna davrida Rossiyada xo’jalik, madaniyat (M. V. Lomonosov, P. I. Shuvalov va I. I. Shuvalov, A. P. Bestujev-Ryumin va boshqalarning faoliyatlari) va tashqi siyosatning rivojlanishida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilgan.