YEPISKOP
YEPISKOP (Yunoncha episkopos — nozir, nazorat qiluvchi) — pravoslav, katolik, anglikan cherkovlarida oliy martabali ruhoniylardan biri, cherkovga qarashli ma’muriy-hududiy birlik (eparxiya) boshlig’i. Yepiskoplik darajalari (4-asrdan boshlab): Patriarx, mitropolit (mitropolitlarning bir qismi arxiepiskop unvoniga ega) va Yepiskop.