YEVROPA VALYUTA HAMKORLIGI FONDI
YEVROPA VALYUTA HAMKORLIGI FONDI (European Monetary Cooperation Fund) — Yevropa Ittifoqining maxsus fondi. 1972 yil Bazelda imzolangan tartibga solinadigan valyuta yo’lagini yaratish to’g’risidagi bitimni amaliyotga joriy etish maqsadida 1973 yilda tuzilgan. Fond xalqaro hisob-kitoblar banki yordamida Ittifoq mamlakatlari valyuta bozorida interventsiyalar tufayli yuzaga keladigan o’zaro debet va kredit operasiyalarida kliring agent sifatida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari fond Ittifoq doirasida ishtirokchi mamlakatlar to’lov balanslarida yuzaga keladigan vaqtinchalik qiyinchiliklarni yengillatish imkoniyatini beruvchi qisqa muddatli kreditlar tizimini boshqaradi. Fond Yevropa valyuta tizimi doirasida xam shunday vazifalarni bajarib kelmoqda.