YESEMURAT JIROV NURABULLA O’G’LI

Ma’nosi

YESEMURAT JIROV NURABULLA O’G’LI (1894 — Qo’ng’irot tumani Aqshangloq ovuli — 1979) — qoraqalpoq dostonchisi. Nurabulla jirovtshg o’gli va shogirdi. Yesemurat Jirov an’anaviy dostonlarga ijodiy yondashib, ba’zilarini qayta ishlagan, shuningdek, zamonaviy mavzularda termalar yaratgan. Qo’bizda “kiz muloyim”, “Bo’zatov”, “Ushbo’y” kabi kuylarni mahorat bilan chertib ijro etgan. Undan “Ko’blon”, “Alpamis”, “Shahriyor”, “Ediga” dostonlari yozib olingan.

O‘xshash so‘zlar

Ye harfi: barcha so‘zlar