YEM-XASHAK RATSIONI

YEM-XASHAK RATSIONI – oziq. moddalari bilan chorva mollarining talab va ehtiyojini qondiruvchi, xo’jalikdagi mavjud turli yem-xashakdan tuzilgan sutkalik oziq rejasi. R. hayvonning salomatligiga ziyon etkazilmagan holda ulardan sifatli va muljallangan miqdordagi mahsulot olishni ta’minlashi kerak. Yem-xashak ratsioni tannarxi bo’yicha arzon, biologik to’la qimmatli va iloji boricha xo’jalikda mavjud bo’lgan resurslardan tuzilishi kerak. Mollarning mahsuldorlik ko’rsatkichlari va xo’jalikdagi ozuqa turlariga qarab rasion vaqti-vaqti bilan o’zgartirib turiladi. Sog’in sigirlar Yem-xashak ratsioni 100 kilogramm tirik vazniga 3,5—5 kilogramm quruq modda miqdorida bo’lishi kerak. Bir kunda 12-13 kilogramm sut beradigan sog’in sigirlar uchun bir kunlik Yem-xashak ratsioni quyidagilardan iborat: silos — 25 kilogramm, senaj — 8 kilogramm, pichan — 3 kilogramm, omixta yem — 3 kilogramm, osh tuzi — 100 gramm. Rasion 1 sutkaga, 1 oyga mo’ljallab tuziladi.