YENGIL AVTOMOBILLAR

YENGIL AVTOMOBILLAR – 2 kishidan 8 kishigacha mo’ljallangan avtomobillar. Dvigateli tsilindrlarining ish hajmiga qarab, mikrolitrajli (hajmi 1200 santimetr kubgacha), kichik litrajli (1200 dan 1800 santimetrgacha), o’rta litrajli (1800 dan 3500 santimetrgacha) va katta litrajli (3500 santimetr kubdan ortiq) Yengil avtomobil bo’ladi. Mikrolitrajli va kichik litrajli Yengil avtomobilning barcha g’ildiraklari mustaqil osmali, o’rtacha litrajli. Yengil avtomobilning old g’ildiraklari mustaqil osmali, ketingi g’ildiraklari ressorali bo’ladi. Katta litrajli Yengil avtomobilda avtomatik transmissiya, Rulni burishni engillashtiradigan gidravlik kuchaytirgich, gildiraklarning avtomatik tizimlari qo’llaniladi. Yengil avtomobil yopiq, ochiq va ochiladigan kuzovli bo’lishi mumkin. Kuzovining xiliga qarab, Yengil avtomobil quyidagicha nomlanadi: 1) sedan — ikki qator o’rindiqli, 4-6 o’rinli, to’rt eshikli, yopiq kuzovli; 2) limuzin — uch qator o’rindiqli, 7-8 o’rinli, to’rt eshikli, yopiq kuzovli; 3) ko’pe — ikki qator o’rindiqli, 4-6 o’rinli, ikki eshikli, yopiq kuzovli; 4) kabriolet — tepasi ochiladigan kuzovli; 5) Faeton — usti ochiq, yo’lovchilarni quyosh nuri, yomg’irdan to’suvchi soyabon va olinadigan yon devorlari bor; 6) sport — ikki o’rinli Yengil avtomobil; 7) universal — 3 yoki 5 eshikli, usti cho’zinchoq kuzovli, uning ketingi qatoridagi o’rindig’ini yig’ib qo’yish mumkin; 8) pikap — 2-3 o’rinli yopiq, ketingi yuk tashiladigan qismi ochiq; 9) 9 o’rinli yopiq. O’zbekiston avtomobil sanoatida ishlab chiqarilayotgan “Neksiya”, “Damas”, “Tiko”, “Matiz” avtomobillari Yengil avtomobil hisoblanadi.