YEFREMOV FILIPP SERGEYEVICH

YEFREMOV FILIPP SERGEYEVICH (1750, Vyatka — 1811 yildan so’ng vafot etgan) — rus sayyohi, O’rta Osiyo, Tibet va Hindiston bo’ylab sayohat qilgan. Orenburg chegara rayonida xizmat qilayotganida (1774) qozoqlar asirga olib, Buxoroga keltirilgan. U Buxoro otalig’i Doniyolbiy qo’lida xizmat qilgan. Keyinchalik o’nboshi, ellikboshi, yuzboshi qilib tayinlangan. Otaliqning Samarqand, Xiva va Eron yurishlarida qatnashgan. Keyinroq Qo’qon xonligiga qochib o’tgan. U yerdan Qashqar, Tibet, Kashmir orqali Hindistonga borgan. Inglizlar kemasida Kalkuttadan Afrika Janubiy orqali Angliyaga, u yerdan 1782 yilda Sankt-Peterburgga qaytib borgan. Keyinchalik Kavkaz, Ukraina va G’arbiy Sibirdagi bojxonalarda ishlagan. Yefremov O’rta Osiyo, Tibet va Hindiston mamlakatlarining siyosiy tuzumi, tabiati, harbiy qudrati, aholisi, urf-odatlari va hayotiga oid Sayohatnoma yozib [“to’qqiz yillik sayohat (1774-1782)”] 1786 yil Peterburgda nashr ettirdi. Unda ko’plab fors va o’zbek so’zlariga izoh bergan. As: Devyatiletnee stranstvovanie, 5 izd. [pod. Red. E. Murzaeva], M., 1952. Ad.: Hasanov H., Xofizi Abru, Xaydar Mirza, Filipp Efremov, T., 1964.