YER SUN’IY YO’DDOSHLARI

YER SUN’IY YO’DDOSHLARI (ESY) — yer atrofidagi (geosentrik) orbitaga ilmiy yoki amaliy (hayotiy) muammolarni hal qilish uchun chiqarilgan kosmik apparatlar (ka). Birinchi sun’iy yo’ldosh sobiq Ittifoq hududidan 1957 yil 4 oktabrda uchirilgan. ESY ga o’rnatilgan apparatlar yordamida atmosferaning yuqori qatlamlarida uning zichligi, ionosferada radiosignallarning tarqalishi o’rganildi. 1958 yil 1 Fevralda AQSh “Eksplorer-1” sun’iy yo’ldoshini uchirdi. 1965 yil 26 oktabrda Frantsiya, 1970 yil 11 Fevralda Yaponiya, 1970 yil 24 aprelda XXR, 1980 yil 18 iyulda Hindiston birinchi ESY ni uchirishdi. Vazifasiga ko’ra, Esy ilmiy tadqiqot yoki amaliy xillarga bo’linadi. Ilmiy tadqiqot ESY Yerni, boshqa osmon jismlarini, kosmik fazoni tadqiq etish yoki biologik eksperimentlar o’tkazish uchun xizmat qiladi. Ularga geofizik, geodezik tadqiqot ESY va boshqalar kiradi. Amaliy ESY ga esa aloqa, meteorologik ESY, yer tabiiy resurslarini o’rganishga mo’ljallangan ESY, navigatsiya ESY, texnik vazifalarni bajarishga mo’ljallangan va harbiy maqsadlar uchun uchirilgan ESY kiradi. Ayrim ESY ham ilmiy, ham amaliy masqadlarni ko’zlab uchiriladi. Orbital kosmik kemalar (kk) va orbital stansiyalar (OS) ESY ning alohida turiga kiradi. Milliy kosmik dasturlar bo’yicha uchirilgan ESY turkumi ko’pincha maxsus nomlar bilan [“Kosmos” (Rossiya), “Eksplorer” (AQSh), “Diadem” (Frantsiya)] yuritiladi. Ko’pchilik ESY bort apparatlari Quyosh batareyalari (qb) orqali energiya bilan ta’minlanadi. ESY ning issikdik rejimi termorostlash tizimi orqali amalga oshiriladi. ESY dan Yerga ilmiy va boshqa axborotlar radiotelemetriya tizimi yordamida uzatiladi. ESY orbitaga eltuvchi raketalar (Yer) yordamida chiqariladi. ESY ni orbitaga eltuvchi bu yo’l yer harakatining faol (aktiv) yo’li deyilib, bir necha yuz kilometrdan 2-3 ming kilometrgacha boradi. Yer dvigatellari faol yo’l so’nggida oldindan hisoblangan tezlikka erishgach, uchiriladi va bu nuqta ESY ning orbitaga chiqish nuqtasi deyiladi. Bu nuqtada yerning oxirgi bosqichi sun’iy yo’ldoshdan ajraladi va yo’ldosh orbita bo’ylab erkin harakatlana boshlaydi. ESY ning harakati yerdagi maxsus kuzatish stansiyalaridan amalga oshiriladi. Bu kuzatishlar ESY ning orbita elementlarini aniqlab, kelgusi kuzatishlar uchun uning efemeridalari hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot yo’ldoshlariga sobiq Ittifoqning “elektron”, “proton”, “Kosmos”, AQSh ning “Avangard”, “Eksplorer”, “ogo”, “oso”, “OAO”, Angliyaning “Ariel”, Frantsiyaning “Diadem” sun’iy yo’ldoshlari kiradi. Amaliy sun’iy yo’ldoshlar jumlasiga sobiq Ittifoqning “ekran”, “Kosmos”, “Meteor”, “Molniya”, AQShning “Tiros”, “Essa”, “Nimbus”, “Lendstat”, “Sinkom”, “Intelsat” va “AEM” sun’iy yo’ldoshlari kiradi.