YERNING SUV BALANSI
YERNING SUV BALANSI – muayyan vaqt ichida yer yuzasiga yog’in ko’rinishida tushadigan suv miqdori bilan quruqlik va Dunyo okeani yuzasidan bug’lanadigan suv miqdorining nisbati. Ya’ni yerda suv aylanishining sonli ifodasi. U suv balansi tenglamalari ko’rinishida aks ettiriladi. Bunda suv kirim va chiqimining suyuq, bug’li va qattiq (muz) holatidagi barcha shakllari tavsiflanadi. Gidrosferadagi 1,4—109 kilometr kub umumiy suv massasining (V. I. Vernadskiy bo’yicha) tabiatdagi suv aylanishida yil davomida 518600 kilometr kub suv qatnashadi va yerga tushadigan suv (atmosfera yog’inlari) bilan undan sarf bo’ladigan (bug’lanish, oqim) suv miqdori deyarli teng bo’ladi. Bu tenglik (balans) yer va uning ayrim qismlari dunyo okeani, chekka oqimli hudud, ichki oqimi bor hudud uchun suv balansi tenglamalari ko’rinishida bo’ladi. Tenglamalarda kirim qismi elementlari sifatida dunyo okeani yuzasiga (xo), quruqlikning chekka oqimli hududiga (Xz), quruqlikning ichki oqimli (berk) hududiga (Xi) va ularning yig’indisi sifatida butun yer sirtiga (xer) yog’adigan yillik yog’in miqdorlarini hisobga olish zarur. Shularga mos ravishda dunyo okeani yuzasidan (Zo), quruqlikning ichki (berk) oqimli xududidan (Zv) va ularning yig’indisi — yer kurrasi yuzasidan (ZEP) bo’ladigan yillik bug’lanish miqdorlari tenglamalarning chiqim qismini tashkil etadi. Suv balansi tenglamalarida quruqlikdan dunyo okeaniga yoki u bilan tutash bo’lgan dengizlarga daryolar oqizib keltiradigan yillik oqim miqdori (Yr) ham hisobga olinadi. Kirim va chiqim qismlarining qabul qilingan belgilariga asosan suv balansi tenglamalari dastlab yer sirtining ayrim qismlari uchun tuziladi: a) dunyo okeani uchun quyidagicha ifodalanadi: ZO=XO+YZ; b) chekka oqimli hudud uchun: v) ichki oqimli hudud uchun esa: Zu=Xu ko’rinishida yoziladi. Yuqoridagi tenglamalarning yig’indisi butun yer uchun suv muvozanatini ifodalaydi: Z0+Zz+Zu=X0+Xz+Xu Oxirgi ifoda yer sirtiga tushadigan yog’in miqdori (xer) undan bo’ladigan bug’lanish (ZEP)ra tengligini ko’rsatadi. Olimlarning hisobiga ko’ra, yer yuzasiga har yili o’rtacha 577 ming kilometr kub yoki 1130 millimetr yog’in tushsa, xuddi shuncha miqdordagi suv bug’lanadi. Daryo, ko’l va yer osti suvlaridan sug’orish, aholi va sanoatni suv bilan ta’minlashda foydalanilishi Yerning suv balansi elementlari nisbatini o’zgartiradi. Agrotexnik va agroo’rmon meliorativ tadbirlar tuproqning infiltrasion xususiyatlarini oshiradi. Bu esa o’z navbatida dalalardan kelgan suvlarning yuza oqimini kamaytiradi, tuproq nami, uning bug’lanishi va transpirasiyasini oshiradi hamda grunt suvlari hajmini bir oz ko’payishiga sabab bo’ladi. Shaharlar rivojlanishi, sanoat korxonalari va yo’llar qurilishi tuproqning infiltrasiya xususiyatlarini kamaytiradi, yuza oqimini ko’paytirib yer osti suvlarning oziqlanishni zaiflashtiradi. Grunt suvlarining miqdori meliorativ tadbirlar, shaxta va karyerlardan yer osti suvlarini so’rib olish natijasida ancha o’zgaradi. Yerning suv balansini tashkil qiluvchi hisoblar suv rejimini o’rganish uchun gidrologiya va meteorologiyada keng qo’llaniladi.