G’ARB
G’ARB — ufqning, dunyoning 4 asosiy tomonlaridan biri. Shimolga qarab turgan quzatuvchining chap tomonida. Osmon soerasida G’arb olam (osmon) ekvatori bilan haqiqiy ufq chizig’i kesishgan ikkita nuktadan biri. G’arb yoki XV (\UE”1) bilan belgilanadi. O’rta asrlarda G’arb o’rniga Mag’rib atamasi ishlatilgan. Afrikaning shimoliy-g’arbiy qismi, Tunis, Jazoir, Marokash Mag’rib deb, Atlantika okeani, O’rta dengiz Mag’rib dengizi, Sahroi Kabir, Sudan cho’llari Mag’rib cho’llari deb atalgan. Mag’ribdan mashriqqacha deganda Afrikadan Xitoygacha bo’lgan hudud tushunilgan.