G’ARBIY SHPISBERGEN
G’ARBIY SHPISBERGEN – Shpisbergen arxipelagidagi eng katta orol, Norvegiya hududi. Maydoni 39 ming kilometr kvadrat. Qirg’oqlari fordli. Yer yuzining katta qismi tog’lik. Eng baland joyi 1712 metr (Nyuton tog’i). Metamorfik va cho’kindi, qisman otqindi jinslardan tuzilgan. So’ngan vulkanlar va issiq buloqlar bor. Hududining yarmidan ortig’i muzlik (21,2 ming kilometr kvadrat). Iqlimi Arktika iqlimi. Yillik yog’in g’arbida 300-400 millimetr, Markaziy qismida 200 millimetr. Asosan, qor shaklida yog’adi. O’simlik kam. Tosh-ko’mir qazib olinadi. Ma’muriy markazi — Longir. Rezervatlar tashkil etilgan.