G’AYBULLA AS-SALOM
G’AYBULLA AS-SALOM (taxallusi; asl nomi Salomov G’aybulla Tojiddinovich) (1932.11.12, Xatirchi tumani — 2003.31.1, Toshkent) — tarjimashunos olim, publisist. O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1993), Filologiya fanlari Doktori (1982), professor (1984). Samdu filologiya faultetini tugatgan (1956), “fan va turmush” jurnalida bo’lim mudiri, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida aspirant, ilmiy xodim, direktor o’rinbosari (1956-67). O’zbek sovet entsiklopediyasida Bosh muharrir o’rinbosari (1967-69). ToshDU tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri (1969 yildan). O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida professor (1997-2000). Ilmiy faoliyati badiiy tarjimashunoslik, ma’naviyat, ma’rifat va madaniyat masalalariga bag’ishlangan. “Maqol va idiomalar tarjimasi” (1961), “til va tarjima” (1966), “tarjima nazariyasiga kirish” (1978), “Do’stlik ko’priklari” (1970, N.Komilov bilan hamkorlikda), “Adabiy an’ana va badiiy tarjima” (1980), “tarjima nazariyasi asoslari” (1983) kabi kitoblar muallifi. As: Ey, umri aziz, T., 1996; ezgulikka chog’lan, odamzot, T., 1997. Ad.: Umirov S, sollanib oqayotgan Daryo, T., 1992; G’aybulloh as-Salom zamondoshlari xotirasida, T., 2003. Saydi Umirov.