G’UMAY

G’UMAY — boshoqdoshlarga mansub ko’p yillik begona o’t. Poyasi silliq, bo’yi 2 metrgacha o’sadi. Barglari cho’ziqnashtarsimon, poya uchida ko’p boshokli cho’zinchoq ro’vaksimon to’pgul hosil qiladi. Iyul-avgustda gullaydi va mevalaydi. Bir tupi 2-4 minggacha urug beradi. Urug’i tangacha qobiqli bo’lib, tuproqda 3-4 yilgacha unuvchanlik qobiliyatini saqlaydi. 30-35° optimal temperturada yaxshi unadi. Iddizpoyasi oq rang bo’timlarga ajralgan, shoxlanadi, tarvaqaylab o’sadi, 20-50 santimetr chuqurlikgacha kirib boradi. G’umay issiqsevar, 0° dan past temperaturada nobud bo’ladi. Ildizpoyasi va urug’idan qo’payadi. O’rta Osiyoning sugoriladigan yerlarida keng tarqalgan. Sabzavot va meva ekinzorlarida, ayniqsa, g’o’za orasida ko’p uchraydi. Shunintdek, sug’orish shoxobchalari bo’ylarida va boshqa yerlarda o’sadi. G’umay tarqalgan joylarda hosildorlik 50% gacha kamayadi. Kurash choralari: ketma-ket 2-3 agrotexnik va kimyoviy (dalapon bilan) tadbirlarni birgalikda qo’shib olib borish; ildizlarni quritish uchun yozda yerni kesakli qilib shudgorlash; chuqur kuzgi shudgor; ekinlarni o’z vaqtida chuqur kultivasiya qilish, yerga beda ekish; G’umay ildizlarini terib olish.