G’OR
G’OR — yer po’stining yuqori qatlamlarida vujudga kelgan bo’shliqlar. G’orning vujudga kelishi uchun muayyan sharoit bo’lishi lozim. Suvda oson eriydigan tog’ jinslari (ohaktosh, dolomit, gips) va tuzlarning erishi va yuvnlib ketishi yoki suffoziya va abraziya oqibatida vujulga keladi. Shuningdek, tektonik yoriqlar oqibatida, muzliklarning erishi va boshqa harakatlar natijasida ham hosil bo’ladi. G’or kattaligi va chuqurligiga ko’ra xilma-xil. G’or gorizontal va vertikal holatda bo’lishi, uzunligi ham bir necha metrdan yuzlab kilometrga yetishi mumkin. Ba’zan ko’p qavatli G’orlar ham uchraydi. Eng yirik G’or karst g’orlaridir. G’or murakkab yo’laklar va zallardan iborat bo’lib. Bir yoki bir nechta og’zi bo’lishi mumkin. Ohaktosh orasida paydo bo’lgan karst G’orda stalaktit va stalagmitlar, ustunlar. Tosh pardalar bo’ladi. G’or tubida Daryo va ko’llar uchraydi. G’orning faunasi o’ziga xos. Dunyodagi eng yirik G’or — Mamont g’ori, shuningdek, Frantsiyadagi Per-Sen-Marten va Berje, AQShdagi Karlsbad yurlari, Postoyns-ka-Yama va boshqalar. Tosh davrida va undan oldin ham ibtidoiy odamlar G’orda yashagan, ular uchun turar joy bo’lib xizmat qilgan, masalan, Teshiktosh yuri. O’zbekiston tog’larida ohaktoshning mavjudligi G’or hosil bo’lishiga qulaylik yaratadi: Amir Temur, Olamtosh g’orlari ham katta G’or hisoblanadi. G’orda o’sha muhitga moslashgan turli hayvoilar (gor faunasi) yashaydi. G’orni g’orshunoslar (speleologiya fani mutaxassislari) o’rganadi.