G’ARBIY SIBIR ARTEZIAN HAVZASI
G’ARBIY SIBIR ARTEZIAN HAVZASI — dunyodagi eng yirik artezian havzalardan biri; G’arbiy Sibir tekisligida joylashgan. Maydoni qariyb 3 million kilometr kvadrat. Havzaning suvli majmualari mezokaynozoy cho’kindi yotqiziqlarining qatlamlari va G’arbiy Sibir plitasining burmalangan poydevori jinslari bilan bog’liq. G’arbiy Sibir Artezian havzasi kesmada 2 gidrogeologik qavatga bo’linadi. Yuqori qavat — Oligosen, neogen (havzaning Janubiy qismi) va antropogenning suvli majmualaridan tashkil topgan. Havzaning Markaziy va shimol qismlaridagi suv ko’proq chuchuk (NSO,—sa, NSO,— №Sa tarkibining minerallanishi 1,0 gramm/litrgacha) suv ta’minoti uchun yaroqli; havzaning Janubiy qismida suv ko’pincha 10-15 gramm/litrgacha minerallashgan, kimyoviy tarkibi ham xilma-xil. Quyi qavat bo’r va yura davrlari yotqiziqtarining suvli majmu-asini va poydevorning yer yuzasiga yaqin bo’lgan qismini o’z ichiga olgan. Suvli qatlamlar havzaning faqat chekkasida, ayniqsa, g’arbiy qismida yer yuzasiga chiqqan. Bu yerda havza pastki qavatidagi yer osti suvlari zaxiralarining ko’payishi kuzatiladi, suv ta’minoti uchun yaroqli bo’lgan chuchuk suvlar bir necha 100 metr ayrim xollarda 1200 metrgacha va undan ham ko’proq chuqurlikkacha bo’ladi. Havzaning ichki qismida quyi qavatning yer osti suvlari 1000 metrdan pastda joylashgan. Burg’i quduqlari bilan ochilganda suv otilib yoki oqib chiqadi. Yer osti suvlarining minerallashganligi 20-30 gramm/litr yoki undan ortiq. Yura yotqiziqlarida va plita poydevori hosilalarida 2500 metrdan pastda 80 gramm/litrgacha quruq qoldiqli sho’r suvlar ochilgan. Suvning tarkibi: S1— N8, S1—sa —N8 li. G’arbiy Sibir Artezian havzasi Markaziy qismidagi yuqori minerallashgan suvlar va sho’r suatar uchun bromning 150— 200 mg/l va yodning 30-40 mg/l va undan ortiq tarkibi xos. Yer osti suvlarining temperaturasi 2500 — 3000 metr chuqurlikda 100-150° ga yetadi. Quyi qavatning suvli majmualari bilan yirik neft va gaz zaxiralari bog’liq. Havza yer osti suvlarini o’rganish 19-asrning oxirlaridan boshlangan.