G’AFUR G’ULOM NOMIDAGI NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI

G’AFUR G’ULOM NOMIDAGI NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI — O’zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimiga kiradi. O’zdavnashrning adabiy-badiiy bo’limlari negizida 1957 yil Adabiyot va san’at nashrnyoti nomi bilan tashkil etilgan. 1964-66 yillarda ushbu nashriyot “Toshkent” badiiy adabiyot nashriyoti, 1966 yildan esa G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti deb nomlangan. 2002 yil 10 apreldan “yozuvchi” nashriyoti (1990 yildan faoliyat korsatgan) va rangli bosma fabrika bilan birlashtirilib, G’afur G’ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi deb nomlangan asosiy faoliyat yo’naliish mumtoz, hoz. zamon va jahon adabiyoti namunalari. bolalar adabiyoti, ommabop va san’atga oid turli kitob va albomlar, risolalar, darsliklar, Buklet va gglakatlar chop etishdan iborat. Nashriyotda Alisher Navoiyning 15 jildli asarlari, Firdavsiyning “Shohnoma” asari. Mashrab, Bedil, Bobur. Nodira, Uvaysiy, Furqat kabi o’zbek mumtoch shoirlarining. Abdul.ta Qodiriy. Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir, G’afur G’ulom, Oybek, Mirtemir, Erknn Vohidov. Abdulla Oripov kabi yozuvchgg va shoirlarning asarlari chop etilgan. Kitob grafikasi maktabini yaratgan rassomlar: I.Kiriakidi, A.Bobrov, A.Mamajonov. D.Tsirin, M.Kagarov va boshqalar atbom. plakat, bukletlar va turli alabiyotlarni badiiy tomonlan bezashda graod qatggashgan. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi 2004 yilda 130 nomda 2120 ming nusxada kitob nashr etgan. Nazira Jo’rayeva.