IBN YUNUS
IBN YUNUS (950-1009) – Arab astronomi. Qohira yaqinidagi rasadxonada kuzatish ishlarini olib borib, shu asosda Oy, Quyosh va sayyoralar harakatining astronomik jadvalini tuzdi. Ibn Yunus Pretsession doimiylik qiymatini va ekliptikaning ekvatorga og’ish burchagini aniqladi, yassi va sferik uchburchaklarning echish uslublarini takomillashtirdi, gnomonni yaxshiladi. Bunda gnomonning soyasi Quyosh markazi emas, balki Quyosh diskining yuqorigi chekkalari gorizontdan balandligini ko’rsatishini isbotlagan.