IKAR
IKAR — asteroid (kichik Sayyora). Tartib raqami 1566. Nemis astronomi U. Baade 1949 yilda kashf etgan. Diametri — 1,5 kilometr. Orbitasi cho’ziq ellips shaklida. Quyoshdan o’rtacha uzoqligi — taxminan 161,5 million kilometr. Perigeliyla Merkuriyga Karaganda Quyoshga ikki baravar yaqin. Quyosh atrofida aylanish davri 409 sutka. Yerga har 19 yilda bir marta juda yaqin (-7 million kilometr) keladi. Masalan, 1968 yil va 1987 yilda erga shuncha yaqinlashgan, navbatdagi yaqinlashish 2006 yilga to’g’ri keladi.
O‘xshash so‘zlar
- IKITOS
- IKKI DARYO ORALIG’I
- Ikki fuqarolik, bipatridlar
- IKKI HAD
- Ikki hadli tenglama
- IKKI HAQIQAT NAZARIYASI
- IKKI JISM MASALASI
- IKKI JUFT OYOQLILAR





