ILVASIN
ILVASIN — go’shti uchun ovlanadigan yovvoyi qushlar. Qirg’ovul, karqur, kaklik, bedana, yovvoyi o’rdak, chumchuq, kaptar, tuvaloq, chug’urchiq va shu kabi qushlarning umumiy nomi. Ilvasin to’r, tuzoq yoki miltiq bilan ovlanadi. Ilvasinlar go’shtidan, asosan, sho’rva, kabob, dimlama, . palov va boshqa tansiq taomlar tayyorlanadi.