IMBESILLIK

IMBESILLIK (lotincha imbecillus -zaif) — aqli norasolikning o’rtacha darajasi; ruhiy jihatdan bir qadar rivojlanmay qolish (oligofreniya). Bunda bemorning so’z boyligi oz bo’lib, uni hisoblash va o’qishga o’rgatib bo’lmaydi, lekin unda jo’nroq mehnat ko’nikmalarini hosil qilish mumkin.