TASIT
TASIT, Publiy (?) Korneliy (P.Cornelius Tacitus) (taxminan 56 — taxminan 117) — Rim tarixchisi. Imperator Vespasian tomonidan senatorlar tabaqasiga o’tkazilgan; bir qancha yirik lavozimlarni egallagan: pretor (88), konsul (97), Osiyo prokonsuli (112/ 113). Tasit “Agrikola” (97-98), “Germaniya” (98), “Notiqlar haqida dialog”(102— 106), shuningdek, “Tarix” (105-111) va “Aknallar”(112-117) tarixiy asarlar muallifi. “Tarix” asari Rim imperiyasining 69-96 yillardagi tarixiga, “annallar” 14-68 yillardagi voqealar bayoniga bag’ishlangan.
O‘xshash so‘zlar
- TASLIM BO’LISH
- TASMACHISOY
- TASMALI UZATMA
- TASMAN (TASMAN) ABEL YANSZON
- TASMAN DENGIZI
- Tasmaniya
- TASMANIYALIKLAR
- TASMASIMON CHUVALCHANGLAR




