TAYAMMUM
TAYAMMUM (Arabcha) — poklanishning bir turi. Suv bo’lmaganda qum yoki tuproq bilan tahorat qilib, ramziy poklanish. Tayammumda 4 farz bor: niyat qilish; tuproqning toza joyini tanlash; ikki qo’lni tuproqqa urib, yuzga surish (avval chap qo’l bilan o’ng qo’lga, so’ng o’ng qo’l bilan chap qo’lga mashtortiladi); yana kaftlarni toza tuproqqa urib, ikki qo’lni tirsaklarigacha mash qilish (uch marotaba).