TELEGRAMMA

TELEGRAMMA (tele… va gramma) — telegraf orqali uzatiladigan hujjatli xabar. Ichki (mamlakat doirasida) va xalqaro (mamlakatlararo) Telegrammalar farqlanadi. Ichki Telegramma, o’z navbatida, shaharlararo va mahalliy, shoshilinch va oddiy xillarga bo’linadi. Telegrammaning bir yo’la bir necha manzilga uzatiladigan, xat. Telegramma, faksimilt. (fotot.) va boshqa turlari bor.