F
F — o’zbek kirill alifbosining yigirma ikkinchi harfi; sirg’aluvchi, lab-tish, shovqinli jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. So’z boshi (foyda, fuqaro, futbol), o’rtasi (oftob, hafta, shifer) va oxiri (alif, takalluf, sharaf) da kela oladi. Asosan, Arab, fors tillaridan o’zlashgan so’zlarda, rus tili orqali olingan baynalmilal so’zlarda uchraydi. Talaffuzda, shevalarda va og’zaki nutkda f tovushi ko’pincha p tovushiga, ba’zan b tovushiga almashinadi (fabrika > pabrika, Fotima > Potima, daftar > daptar, sadaf > sadap; afzal > Abzal va b.), lekin bu hodisa yozuv (imlo) da aks etmaydi. F harfi Avesto, turkiy (uyg’ur) yozuvlarida, shuningdek, Arab va lotin alifbolari asosidagi o’zbek yozuvida o’ziga xos ko’rinishlarga ega.