TAUT
TAUT (Taut) Bruno (1880.4.5, Kaliningrad — 1938.24.12, Ankara) — nemis me’mori, nazariyotchi. Funktsionalizm namoyandasi. “Ring” me’morlik gurug’i rahbari. 1900 yil boshlarida Shtutgartda (T. Fisherda) o’qigan. Moskva (1931— 32), Yaponiya (1933), keyinchalik Turkiyada ishlagan. Taut birinchilardan bo’lib qurilishda shisha va betonni qo’llagan, o’quv va turar joy majmualarini yangi turini ishlab chiqqan [Kyolndagi “nemis Verkbundi” ko’rgazmasidagi “shishali pavilon”, 1914, saqlanmagan, Berlindagi Bris tumani turar joy majmuasi (1925-31) va boshqalar]. Me’morlikda ranglarni keng qo’llashni targ’ib qilgan.