TELETAYP
TELETAYP (tele… va inglizcha type — mashinkada yozish) — axborotlarni qabul qilish va uzatish uchun mo’ljallangan harf bosish apparati. Yozuv mashinasi yoki kompyuterdagiga o’xshash klavishlari bor. Xabarlarni aloqa kanallari (Teletayp tarmog’i) bo’yicha uzatish uchun, shuningdek, ma’lumotlarga ishlov berish avtomatik tizimlari (EHM, kompyuterlar) da axborotni kiritish-chiqarish masiqurilmasi sifatida qo’llanadi. Qabul qilishda axborotlar telegraf apparatidagi rulon qog’ozga avtomatik tarzda qayd qilinadi.