IBN ABD RABBIHI
IBN ABD RABBIHI, Abu Umar Ahmad ibn Muhammad (860.28.11 — Qurtuba — 940.1.3) — Arab shoiri, tarixchisi. Arab mumtoz she’riyatining barcha janrlarida ijod etgan. U haqidagi ma’lumot Saolibiyning tazkirasida keltiriladi. Ibn Abd rabbihining “Al-Mumahhisot” (“Tozalovchilar”) asarida ko’pgina she’r va qasidalar jamlangan. U 7-8-asr Arab adabiyoti tarixiga oid 25 bobdan iborat “al-Iqd alfarid” (“Nodir marjon”) nomli tazkira tuzgan. Undan joy olgan arablarning qadimgi urf-odatlari va tarixiga oid ayrim ma’lumotlar “Islomgacha bo’lgan Arab tarixi haqida xabarlar” nomi bilan Parijda 3 marta nashr etilgan (1836, 1837, 1838).