IBN AL-MUQAFFA

IBN AL-MUQAFFA, Abu Muhammad Abdulloh (Islom qabul qilinguncha davrdagi forscha ism-sharifi — Ro’zbex ibn Dadoe) (720-759, Basra) — yozuvchi, tarjimon. Asli fors bo’lib, umrining ko’p qismi Basrada o’tgan. U turli Amir va hokimlar saroyida Mirza bo’lib ishlagan. Axloqiy-tarbiyaviy mavzuda “Al-adab ul-Kabir” (“Katta ishlarni bajarish odobi”) va “Al-adab us-sag’ir” (“Kichik ishlarni bajarish odobi”) kabi asarlar yaratgan. Aristotelnnng “Kategoriyalar”, “Analitika” asarlarini Arab tiliga tarjima qilgan. Mashhur “Kalila va Dimna”ning qadimgi paxlaviy tilidan Arab tiliga tarjimasi tufayli bu asar jahon adabiyotidan o’rin olgan. Qadimgi fors qahramonlik hikoyalari to’plami — “Hokimlar haqida kitob” ni Arab tiliga tarjima qilgan.