IMPERIYA

IMPERIYA (lotincha imperium — hokimiyat) — 1) imperator boshqargan monarxiya davlatining nomi; ba’zi qadimgi zamon (Rim imperiyasi), o’rta asr (“Muqaddas Rim imperiyasi”) yirik monarxiya davlatlari ham Imperiya deb atalgan. Podsho Rossiyasi Pyotr I davri (1721)dan Romanovlar hokimiyati ag’darilguniga qadar (1917), Frantsiya Napoleon I (1-imperiya) va Napoleon III (2-imperiya) davrida, Avstriya 1804— 1914 yillarda (1868 yildan Avstriya-Vengriya), Germaniya (1871 yildan 1918 yil inqilobiga qadar) Imperiya bo’lgan; 2) mustamlakalari bo’lgan yirik davlatlar. Masalan, Buyuk Britaniya dominion va mustamlakalari bilan birga Britaniya imperiyasini tashkil etgan.