FADEYEV VALENTIN ALEKSANDROVICH

FADEYEV VALENTIN ALEKSANDROVICH (1912.31.7, Namangan viloyati Ketmontepa qishlog’i — 1975, ?) — rangtasvir ustasi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1968). Toshkent badiiy bilim yurtida ta’lim olgan (1933-38). Fadeyev yaratgan asarlardagi yorqin o’ziga xos xususiyatlar nozik detallarda namoyon bo’ladi, ularda zamon ruxi sezilib turadi: “birinchi sinf o’quvchisi”; “Qo’g’irchoq ushlagan qiz” (1952); “Tanya” (1953); “duradgor portreti” (1954), “Qorovul” (1955), “keksa kolxozchi Zulunbuva portreti” (1957), “temirchi Yaxshiboy” (1958) kabi portretlar, tarixiy va boshqa mavzudagi asarlar, maishiy kartinalar, natyurmortlar yaratgan.