FLORI POL JON

FLORI POL JON (1910.19.6, Sterling, Illinoys shtati — 1985.9.9) — amerikalik fizik kimyogar. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1953 yildan). Kolumbusdagi Ogayo shtati Davlat universitetini tugatgan (falsafa doktori 1934). Kornell universiteti professor (1948 -56), Melonov universitetida ilmiy rahbar (1956 -61), Stanford universiteti professor (1961 yildan). Ilmiy ishlari polimerlar polikondensasiyasi va fizikasiga oid. Polikondensatlanish jarayonlarida funktsional guruhlarning reaktsiyaga kirishish xususiyati o’zaro ta’sir etuvchi molekulalar zanjiri uzunligiga bog’liq emasligini aniqlagan (Flori printsipi). Nobel mukofoti laureati (1974).