FYUZELYAJ
FYUZELYAJ (Fransuzcha suseau — urchuq) — aviatsiyada — uchish apparata {vertolyot, gidrosamolyot, samolyot) ning ekipaj a’zolari, yo’lovchilar, yuklar va jihozlar uchun mo’ljallangan korpusi. Apparatning qanotlari, dum kanotlari, ba’zan, shassi (tana) va kuch qurilmasini o’zaro bog’lab turadi. Asosiy qismlari karkas (“sinch”, qobirg’a) va qoplamadan iborat. Asosan, suyri (shamol siypab o’tib ketadigan) shakdda yasaladi. Fyuzelyajning fermali (fazoviy fermadan iborat), balkali (bo’ylama va kundalang balkalar, ya’ni lonjeron, Stringer va shpangoutlardan iborat) va aralash (Old qismi fermali, orqa qismi balkali va aksincha) xillari bo’ladi. Tovushdan tez uchar samolyotlar Fyuzelyajining tumshuq qismi uchli (o’ta suyri) kilib yasaladi. Shunda ularning aerodinamik xossalari yaxshilanadi. Gondolasd dum qanot maxsus balkalarga o’rnatiladi. Gidrosamolyotning Fyuzelyaji qayiq shaklida yasaladi.