FYURNO

FYURNO — base bo’g’ozining Sharqiy qismidagi orollar guruhi. Tasmaniya bo’g’ozidan shimolda, Avstraliya tarkibida. Maydoni 2,7 ming kilometr kvadrat. Eng baland joyi 777 metr. Iqlimi subtropik okean iqlimi. Yon bag’irlarida evkalipt o’rmonlari, tekisliklarda o’t o’simliklari va siyrak butazorlar bor. Qo’ychilik rivojlangan. Orolga yevropaliklardan birinchi bo’lib 1773 yilda Kuk ekspeditsiyasi tarkibidagi T. Fyurno boshchiligidagi kemalardan biri yetib borgan.